"Barselona" Neymar familiyasi tushirilgan formaga buyurtma berib qo'ydi

Braziliyalik hujumchi Neymar "PSJ"dan "Barselona"ga qaytishga yaqin turibdi. Kataloniyaning yirik RAC1 radiosi shunday xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, muzokaralar sezilarli darajada oldinga siljigan bo'lsada, tomonlar yakuniy qarorga kelganlari yo'q. Biroq, kataloniyaliklar Neymar ismi tushirilgan futbolkalarga buyurtma berganlar. Bundan tashqari Neymar "Barsa" muxlislari uchun video murojaat yozib qo'ygan, u kelishuvdan so'ng ommaga taqdim qilinadi.

Avvalroq, Neymarga Ispaniyaning yana bir klubi - "Real" qiziqayotgani, "Qirollik klubi" "PSJ" bilan muxokara olib borayotgani, futbolchining o'zi ham, parijliklar ham yozgi transferlar oynasin yopilishiga qadar xayrlashishni istayotgani haqida xabar qilingan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив