Ronaldu: "Hozir hech narsa ko'rsatmagan o'yinchining narxi 100 mln"

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu zamonaviy futbolda transferlar summasining ortib borayotganiga munosabatini bildirdi.

"Zamonaviy futbolda hisob-kitob qilish qiyin. Futbol sanoati avvalgisidan farq qilmoqda, salohiyatga ko'proq ishonilmoqda. Joao Felishning transferini bir chetga olib fikr yuritadigan bo'lsak, hozir har qanday o'yinchi hech narsa qilmasdan turib, 100 mln turadi. Futboda pul ko'paydi. Himoyachi va darvozabon hozir 70-80 mln turadi. Bunga qo'shilmayman, ammo biz yashayotgan dunyo shunday. Uni hurmat qilishimiz kerak", - deydi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Felish 126 mln evro eevaziga lissabonning "Benfika"sidan "Atletiko"ga o'tgan va Portugaliya tarixida eng qimmat o'yinchi sifatida Ronalduni ortda qoldirdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив