"Oq-tepa" - AGMK: prevyu

O'zbekiston kubogi chorak final doirasida AGMK Toshkentning "Oq-tepa" klubiga qarshi o'ynaydi.

Mazkur o'yin avval rejalashtirilganidek Toshkentdagi TTMYI stadioni emas, balki Toshkent viloyatida joylashgan sobiq "Politotdel", hozirgi "Do'stlik" o'yingohida bo'lib o'tadi.

Qayd etish kerakki, O'zbekiston Pro-ligasida ishtirok etadigan "Oq-tepa" jamoasi ilk marotaba AGMK bilan to'qnash kelmoqda. Bu jamoani sobiq futbolchi, hozirda murabbiylik qilayotgan Alisher Shog'ulomov va Saidkomil Akbarov boshqarib kelishmoqda. Ayni paytda bo'lajak raqibimiz O'zbekiston Pro-liga Ada 23 ochko to'plagan holda 6-o'rinda bormoqda.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi bugun o'yin oldidan rasmiy mashg'ulotini Qibraydagi markaziy stadionda o'tkazdi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinni jarohati tufayli o'tkazib yuborgan jamoamiz to'purari Zafar Polvonov yana safga qaytgan va umumiy guruh bilan shug'ullanmoqda.

O'zbekiston kubogi chorak final doirasidagi raqibimiz "Oq-tepa"ga qarshi ilk rasmiy o'yinimizni o'tkazamiz. Bunga qadar ushbu jamoalar o'zaro duch kelishmagan. "Oq-tepa" - AGMK uchrashuvini yosh hakam Akobir Shukurullaev boshqarib boradi. O'yin Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

 

Coca-Cola O'zbekiston kubogi, chorak final.

21 avgust, chorshanba

17:00 «OQ-TEPA» - AGMK

Toshkent viloyati, "Do'stlik" stadioni.

Hakamlar: Akobir Shukurullaev, Avaz Abdullaev, Husniddin Bahodirov, Rahimbek Karimov

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov

Komissar: Bekzod Aripov

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив