Pepe: «Maqsadimiz Evropa Ligasini yutish»

“Arsenal” vingeri Nikolya Pepe jamoasining yangi mavsumdagi rejalari haqida gapirdi.

“Men o'zimni qulay his etyapman. Sababi murabbiyimiz Unai Emeri frantsuz tilida gaplashadi.

Men bu erda yangiman, strategiya va taktikalar yangi, shuning uchun menga murabbiyning ko'magi kerak. Endi ingliz tilini o'rganishim kerak, bu ham menga yordam beradi.

Bu erga kelishimdan sabab, klubning maqsadlari katta. Klubning orzusi Chempionlar Ligasiga qaytish. Men ham shijoatli odamman, shuning uchun tanlov mantiqan to'g'ri bo'ldi.

Menga APL yoqadi, chunki u juda kuchli chempionat va dunyodagi eng yaxshi liga. Bizning maqsadimi bu yil Evropa Ligasini qo'lga kiritish. Biz o'tgan mavsumdagidan ko'ra ko'proq narsani qo'lga kiritmoqchimiz. Ishonaman, hammasi amalga oshadi”, - deydi Pepe.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив