Bugun Vengriyada Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi jahon chempionati start oladi

Bugun Vengriyaning Tseged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati start oladi. Musobaqada bir vaqtning o'zida para-atletlar ham o'zaro bahs olib borishadi.

Mazkur turnir kelasi yili Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlariga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma berishi unga bo'lgan qiziqishning yanada ortishiga sabab bo'lmoqda. Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar qatori Olimpiada yo'llanmalari uchun kurash olib borishadi. E'tiboringizga bugungi dasturda startga chiqadigan vakillarimiz ro'yxatini havola qilamiz:

Baydarka (B) juftlik (2), 200 metr: Ekaterina Shubina va Yuliya Borzova
Kanoe (K) juftlik (2), 200 metr: Artur Guliev va Elyorjon Mamadaliev
K1, 500 metr, ayollar: Gulbahor Fayzieva
K2, 500 metr: Artur Guliev va Elyorjon Mamadaliev
K1, 200 metr: Vladlen Denisov
B1, 200 metr: Ernest Irnazarov

Parakanoe:
KL3, 200 metr: Pavel Suleymanov
KL3, 200 metr: Hasan Kuldashev
KL2, 200 metr: Azizbek Abdulhabibov
VL3, 200 metr: Hayitmurod Sherqo'ziev
KL3, 200 metr: Shahnoza Mirzaeva

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив