«Monako» Leminani ijaraga oladi

“Sautgempton” yarim himoyachisi Mario Lemina faoliyatini “Monako”da davom ettirishga yaqin.

RMC Sport nashrining xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi monegaskliklar bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. “Monako” futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Futbolchining transfer narxi taxminan 20 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Lemina 2017 yildan buyon “Sautgempton” safida o'ynab keladi. O'tgan mavsum u 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив