RAC1: «Barselona» Neymarni tanishtirishga tayyorlanmoqda

Kataloniyaning eng katta RAC1 radiosi sport yangiliklari efirida "Barselona" braziliyalik hujumchi Neymarni jamoaga qaytarishda ijobiy natijalarga erishgani haqida xabar berdi.

Manbaning so'zlariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» va «PSJ» o'rtasidagi muzokaralar so'nggi kunlarda muvaffaqiyatli kechdi.

Klub bitim to'liq yakunlanishiga hali yaqin emasligini tan oladi, ammo Neymarni klubning yangi futbolchisi sifatida e'lon qilishga hozirlik ko'rmoqda.

Ta'kidlanishicha, Neymar allaqachon Kataloniya klubiga qaytishiga bag'ishlangan maxsus video olgan.

Unda braziliyalik 2017 yil yozida klubni tark etgani uchun uzr so'ragani va jamoadan nima uchun ketgani sabablarini hamda nima uchun "Barselona"ga qaytishga qaror qilgani haqida co'zlab beradi.

"Barselona" allaqachon Nike bilan bog'lanib, muxlislarning yuqori talablarini qondira oladigan Neymar nomi yozilgan futbolkalarning birinchi partiyasini ishlab chiqarishni so'radi.

Katta ehtimol bilan Neymar "Barselona"da 7 raqamni oladi.

Manbaning qo'shimcha qilishicha

"Barselona" va PSJ Neymarni 2020 yil yozida sotib olish uchun tovon puli 170 dan 180 million evrogacha o'zgarishi haqida kelishib olishdi.

Endilikda klublar braziliyalik futbolchining bir yillik ijara narxini kelishib olishga harakat qilmoqdalar.

"Barselona"ning birinchi taklifi 10 million evroni tashkil etgan edi, ammo PSJ bu taklifni rad etdi va ijara uchun 50 million evro talab qilmoqda.

"Barselona" ijara summasini tushirishga harakat qiladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив