«Vilyarreal» «Malaga» futbolchisini sotib oldi

O'ng qanot yarim himoyachisi Xaver Ontiveros "Malaga"dan "Vilyarreal"ga o'tdi, xabar beradi "Vilyarreal" klubi rasmiy sayti.

Shartnoma 2024 yilning yoziga qadar imzolandi. Transfer summasi 7,5 million evroni tashkil qildi.

Ma'lumot uchun 21 yoshli Ontiveros - "Malaga" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'tgan mavsumda futbolchi Ispaniya quyi divizioni Segundada 31 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив