Hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi

Hozirda ko'plab terma jamoalarda bir yo'la ikki davlat fuqorosi sanaladigan futbolchilar to'p surishi odatiy xolga aylanib bormoqda. Bunday futbolchilar sirasiga kiruvchi ko'plab misollarni keltirishimiz mumkin. Ana shunday futbolchilar ko'pincha ikki davlatdan birining terma jamoasida to'p surishga majbur bo'lishadi. Bugungi qahramonlaimiz uz faoliyati davomida ikki davlatdan birini tanlaganlar bo'ladi.

Leonel Messi

Terma jamoa safida omadsizlik borasida Leo Messiga etadigani bo'lmasa kerak. U qanchalar kuchli futbol namoyish etmasin, Argentina uchun  birorta sovrin yutib berishning uddasidan chiqa olmayapti, biroq hammasi o'zgacha bo'lishi mumkin edi! Gap shundaki, unga o'z vaqtida Ispaniya terma jamoasida to'p surish taklifini berishgan edi. Futbolchi uzoq o'ylab o'tirmasdan Argentinani tanlaydi. Keyinchalik, Ispaniya terma jamoasining oltin davri boshlandi va ular dunyo shoxsupasiga ko'tarilishga muvaffaq bo'lishdi. Agarda, Messi o'z vaqtida Ispaniya terma jamoasini tanlaganda bormi? Ispaniya futboli oltin davrining chinakam durdonasiga aylangan bo'larmidi? Azaliy raqobatchisi Ronaldudan etib bo'lmas darajada uzoqlashib ketgan bo'larmidi? Bunday savollar ko'plab paydo bo'lsada, afsuski, savollar javob olishning iloji yo'q.

Kalidu Kulibali

Hozirda transfermarket nashri tomonidan dunyoning eng qimmat himoyachisi sifatida qayd etilgan futbolchi Senegal terma jamoasida to'p surishidan xabaringiz bor. Futbolchi uchun hammasi boshqacha ko'rinish olishi ham mumkin edi, sababi unda ikkita davlat pasporti mavjud. Kalidu Frantsiya fuqarosi ham hisoblanadi. O'z vaqtida futbolchi bilan Frantsiya futbol rahbarlari bog'lanishganida, futbolchi oila a'zolaridan maslahat so'raydi va otasining so'zlari tufayli Frantsiya sharafini himoya qilishdan bosh tortadi. Ko'plab frantsiyalik  futbolchilardan farqli holda qahramonimiz o'zi tug'ulgan davlat sharafini himoya qilishni avzal ko'radi! Bunday tanlov juda kamdan-kam xollardagina kuzatiladi.

Levin Kurzava

Frantsiya terma jamoasidagi o'yinlari bilan ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan futbolchining otasi polshalik bo'lib, onasi kichik Gvadalupe davlatidan. Qahramonimiz 18 yoshida Frantsiya yoshlar terma jamoasi bilan qit'a chempionligini qo'lga kiritadi va butun Evropani o'ziga qaratadi. Futbolchida polyak qoni oqayotganidan xabari topgan Polsha futbol vakillari Levin bilan aloqaga chiqadi uni terma jamoada to'p surishga chorlaydi. Bu savol ustida uzoq bosh qotirgan futbolchiga Frantsiya terma jamoasidan ham taklif tushadi vaziyat yanada qiyinlashadi. Oqibatda, Levin Frantsiya termasini tanlashga qaror qiladi va jamoa safida bir necha o'yin o'tkazadi.

Mauro Ikardi

Argentina terma jamoasidan chetda qolib ketishiga o'rganib qolgan bo'lsakda, Ikardi o'z tanlividan sira afsuslanmasligini bot-bot takrorlaydi. Futbolchiga o'z vaqitda Italiya va Ispaniya terma jamoalaridan takliflar tushgan bo'lsada, argentinalik futbolchi o'z vatani jamoasi sharafini himoya qilishni avzal ko'rgani e'tiborga molik.

Eng qizig'I shundaki, futbolchi 18 yoshga to'lgan chog'ida Italiya terma jamaosining yoshlari safida to'p tepishi mumkin edi. Xatto unga sardorlik bog'ichini taklif etishgan bo'lsada, o'z fikridan qaytmagan ekan. Keyinchalik Ispaniya futbol rahbarlari uning otasi bilan aloqaga chiqishgan va xatto kattagina summadagi pul ham taklif etishgan. Futbolchi Argentina terma jamoasida to'p surish bolalikdagi eng katta orzusi ekanligi va bu orzudan voz kechmasligi bois, barcha takliflarni rad etgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив