Neymar yanvarda «PSJ»ni tark etishi mumkin

"PSJ" klubi qishki transfer paytida Neymarni sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, parijliklar rahbariyati hujumchi atrofida yuzaga kelgan vaziyat jamoaga qo'shimcha bosim o'tkazmoqda, deb hisoblamoqda.

Yanvar oyida 27 yoshli futbolchi uchun "Barselona" va "Real" kurash olib borishi aytilmoqda. Ammo "ko'k-anorranglilar" prezidenti Xosep Bartomeu avvalroq jamoa qishki transfer paytida Neymarni sotib olmasligini ma'lum qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив