Rabo sudda «PSJ» ustidan g'alaba qozondi

"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo o'zining sobiq jamoasi "PSJ" ustidan sudda g'olib chiqdi. Parijliklar o'tgan mavsumda unga 40 ming evro miqdorida maosh to'lamagan edi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatdi.

Gap shundaki, o'tgan mavsumda "Pari Sen-Jermen" Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida "Manchester Yunayted"ga yutqazib, musobaqani tark etganidan keyin Patris Evra tomonidan Instagramga qo'yilgan videoga Rabo "layk" bosgan edi. Ushbu xatti-harakat uchun parijliklar rahbariyati Adrienga nisbatan 40 ming evro jarima qo'llagan edi. Sud qaroriga ko'ra, "PSJ" futbolchiga nisbatan bunday jazo qo'llashga haqli emas edi.

Shu tariqa, Frantsiya klubi Raboga 40 ming evroni to'lab berishiga to'g'ri keladi. "PSJ" sud qarori ustidan yuqori turuvchi tashkilotga shikoyat kiritishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli Rabo yozgi transfer paytida erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tib ketgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив