JCh-2022 saralash. Yaman Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynadi

Osiyoda davom etayotgan Jahon chempionati saralash bosqichida kutilmagan natija qayd etildi. Birinchi turda dam olgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi bugun Yaman maydoniga safar qildi.

Maydon egalari 8-daqiqada hisobni ochishdi. Jarimadan etkazilgan uzatmani Muhsin Muhammad chalqancha uslubda raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Bo'lim o'rtalarida saudiyaliklar hisobni tenglashtirishdi.

Oradan ko'p o'tmasdan yamanliklar yana oldinga o'tib olishdi. Ikkinchi bo'lim boshida Saudiya Arabistoni Salim ad-Dovsariyning goli evaziga muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda saudiyaliklar juda ko'p hujum qilishdi. Yaman esa durangni saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, guruh favoritlaridan biri hisoblangan Saudiya Arabistoni saralash bosqichini durang bilan boshladi. Yaman esa ikki ochko bilan guruhda 3-o'rinni egallab turibdi.

JCh-2022 saralash. Osiyo. "D" guruhi
YaMAN - SAUDIYa ARABISTONI - 2:2 (2:1)
Gollar: Muhsin Muhammad (8), Umar ad-Dohiy (37) — Hattan Behabriy (23), Salim ad-Dovsariy (48)

Jamoa  O'   Yu   D   M  T - N  Ochko
1 Singapur 2 1 1 0 4-3 4
2 Falastin 2 1 0 1 3-2 3
3 Yaman 2 0 2 0 4-4 2
4 Saudiya Arabistoni 1 0 1 0 2-2 1
5 O'zbekiston 1 0 0 1 0-2 0

 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив