Ekaterinburg-2019. Bugun bokschilarimiz ringga ko'tarilmaydi

Bugun jahon chempionati doirasida -57 kg vazn toifasida janglar tashkil etiladi.

Ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Mirazizbek Mirzahalilov yuqori reytingga ega bo'lgani sabab janglarni to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlaydi. U Braziliya va Polsha terma jamoasi vakillari o'rtasidagi jangda g'alaba qozongan bokschi 15 sentyabr kuni Mirazizga raqib bo'ladi.

Ertangi kungi janglar dasturida esa Shahobiddin Zoirov (52 kg) hamda Elnur Abduraimov (63 kg) ishtirokidagi jang guvohiga aylanishimiz mumkin bo'ladi.

O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив