Ertaga «CAFA U-15 Girls Championship-2019» musobaqasi oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 11-17 sentyabr kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan “CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi o'tkaziladi. Mazkur turnirda 15 yoshgacha bo'lgan qizlardan iborat 4 ta yurt terma jamoalari ishtirok etishadi.

“CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasida O'zbekiston, Eron, Qirg'iziston hamda Tojikiston terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Ertaga, 12 sentyabr kuni “SIMMA” mehmonxonasi ajumanlar zalida ishtirokchi mamlakatlar terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anumani o'tkaziladi. Matbuot anjumani soat 12:15da boshlanadi. Musobaqa uchun akkreditatsiya kartochkalari ham matbuot anjumanidan so'ng OAV vakillariga tarqatiladi.

“CAFA U-15 Girls Championship- 2019” musobaqasi taqvimi

1-tur, 13 sentyabr (juma)
12:00 O'zbekiston – Qirg'iziston
16:00 Eron – Tojikiston

2-tur, 14 sentyabr (shanba)
12:00 Qirg'iziston – Eron
16:00 Tojikiston – O'zbekiston

3-tur, 16 sentyabr (dushanba)
12:00 Tojikiston – Qirg'iziston
16:00 O'zbekiston - Eron

Qayd etish joiz, dastlabki 2 ta kungi o'yinlar (13 va 14 sentyabr) “Chig'atoy” stadionida o'tadi. Yakuniy 3-tur esa (16 sentyabr) “Lokomotiv” stadionida o'tkaziladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив