Neymarning otasi nima uchun o'g'lining «Barselona»ga qaytishni istayotganini aytdi

«PSJ» hujumchisi Neymarning otasi va agenti Neymar da Silva o'g'lining nima uchun «Barselona»ga qaytishni istayotganiga izoh berdi.

«Boshqa jamoaga o'tish imkoniyati bo'lmagan paytda agent sifatida qo'lingdan hech narsa kelmasligini his qilasan. Shartnomada uni bekor qilish haqida band yo'q edi. Shu bois, vaziyat og'ir edi.
Biz kelishuvga erisha olmadik. Biz Neymar uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qildik. Yakunda esa u "PSJ"da qoldi.

Klublar o'rtasidagi muzokara hali yakunlanmadi. Neymar o'zini baxtiyor his qiladigan joyda o'ynashni istaydi. U «Barselona»da baxtli edi.

Uning «Barsa»dagi do'stlari: "qaytasanmi?", deb so'raganida, u to'lqinlanib ketdi», – dedi futbolchining otasi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив