Sud Arda Turonga nisbatan hukm e'lon qildi

"Istanbul" yarim himoyachisi Arda Turonga nisbatan sud jarayoni yakuniga etdi. Turkiyalik futbolchi 2 yilu 8 oyga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilindi. Turon avval sudlanmagani uchun qamalmadi.

Sud Ardani litsenziyaga ega bo'lmagan qurol saqlash, pistoletdan o'q uzish, qasddan hujum qilishda aybdor deb topdi. Futbolchidan jinsiy shilqimlik ayblovi olib tashlandi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan yilning oktyabr oyida qo'shiqchi Berkay Shaxinga hujum qilib, uning burnini sindirgan edi. Turon xonandaning ayoliga shilqimlik qilganidan keyin ular o'rtasida mojaro kelib chiqqan edi.

"Barchasi tugaganidan xursandman. Men aybdor emasman. Men hech qanday jinoyat sodir etmadi. Menga tuhmat qilishdi. Men professionalman. O'z ishimni bajaraman va o'z oilamni iqtisodiy jihatdan ta'minlayman", - dedi Turon sud qarori e'lon qilinganidan so'ng.

Avvalroq Turon 12 yilga qamalishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Arda huquqiy jihatdan hamon "Barselona"ga tegishli.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив