Prevyu. «Navbahor» – «Paxtakor»

Superliga 19-turi doirasida "Navbahor" o'z maydonida Toshkentning “Paxtakor”  klubini qabul qiladi.

Superligamizning muntazam ishtirokchisi bo'lgan mazkur klublarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoalar hozirgacha 57 marta o'zaro ro'baro' kelishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik  poytaxtliklar tarafida. O'tkazilgan bahslarning 35tasida  “sherlar” zafar quchishgan bo'lsa, 13ta o'yinda “lochinlar” g'alaba qozonishgan, 9 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 97 ta to'p kiritib, o'z darvozasidan 45 ta to'p o'tkazib yuborgan.



Ushbu  jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

Ayni paytgacha Namanganda bo'lib o'tgan 28 ta bahsning 12 tasida “lochinlar” g'alaba qozonishgan bo'lsa, yana 11 tasida toshkentliklar zafar quchishgan, 5 ta o'yinda esa durang qayd etilgan.

Joriy mavsumning 1-davrasida Toshkentda o'tkazilgan dramatik bahsda durang – 2:2 hisobi qayd etilgandi.

“Navbahor” – “Paxtakor” o'yini 15 sentyabr kuni 18:30da boshlanadi.  

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив