«Double Pass» kompaniyasi «Metallurg» futbol klubi bilan tanishmoqda

Evropaning taniqli kompaniyalaridan biri "Double Pass"  vakillari ikki kundirki Bekobodning “Metallurg” jamoasi vakillari bilan muloqotda bo'lib turishibdi. Dastlabki kuni ular Qibray o'quv-mashg'ulot maskaniga tashrif buyurishdi va jamoa bosh murabbiyi, uning yordamchilari bilan suhbatlashishdi. Jamoani professional tarzda shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar ko'lami bilan tanishishdi. Ikkinchi kuni esa klub rahbariyati - bosh direktor, sport ishlari bo'yicha direktor, texnik direktor bilan muloqot davom ettirildi. Suhbatlardan chiqariladigan xulosaga ko'ra kompaniya va klub o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik o'rnatilishi kutilmoqda.

Mazkur klub vakillari ikki kunlik tanaffusdan keyin Bekobod shahriga tashrif buyurishi,  klub infratuzilmasi, futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, futbol akademiyasi qurilishi hamda bolalar futboli bilan tanishishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, ushbu kompaniya futbol klublari tuzilmasini o'rganib, klub, futbolchilar va akademiyalarning yanada rivojlanishi uchun yordam berib keladi. Uning mutaxassislari klublarda bo'lib, ma'lum vaqt davomida butun tizimni o'rganib chiqishadi va ish qay darajada professional yo'lga qo'yilgani haqida o'z xulosasini beradi.

"Double Pass" kompaniyasi Germaniya bundesligasi, Angliya premer-ligasi hamda jahonga mashhur klublar bilan hamkorlik qilib keladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив