Sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibimiz bilan tanishing

14-22 sentyabr kunlari Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi. Olimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beradigan mazkur musobaqaga o'zbekistonlik kurashchilar ham jiddiy hozirlik ko'rishdi. Hamyurtlarimiz jahon chempionatida erkin, yunon-rim va ayollar kurashi bo'yicha barcha vazn toifalarida ishtirok etadilar. Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkin kurash.
-57 kg: Jahongirmirza Turobov
-61 kg: Abbos Rahmonov
-65 kg: Temurjon Usmonohunov
-70 kg: Ixtiyor Navro'zov
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-79 kg: Rashid Qurbonov
-86 kg: Javrail Shapiev
-97 kg: Magomed Ibragimov
-125 kg: Hasanboy Rahimov

Yunon-rim kurashi:
-55 kg: Ilhom Bahromov
-60 kg: Elmurat Tasmuradov
-63 kg: Islomjon Bahromov
-67 kg: Mirzobek Rahmatov
-72 kg: Aram Vardanyan
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-82 kg: Nurbek Hashimbekov
-87 kg: Rustam Assakalov
-97 kg: Jahongir Turdiev
-130 kg: Mo'minjon Abdullaev

Ayollar kurashi:
-50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova
-53 kg: Aktenge Keunimjaeva
-55 kg: Sevara Eshmuratova
-57 kg: Nigora Bakirova
-59 kg: Gulnova Toshpo'latova
-62 kg: Nabira Esenbaeva
-68 kg: Nilufar Gadaeva
-76 kg: Shahribonu Ellieva

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi sport kurashlari bo'yicha jahon chemionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz a'zolariga omad va zafarlar tilab qoladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив