«Surxon» Buxoroda g'alaba qozondi

O'zbekiston chempionatining 19-turi doirasida "Buxoro" o'z uyida "Surxon"ni qabul qildi. So'nggi o'rinda borayotgan buxoroliklar o'z maydonida ochko qo'lga kirita olishmadi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi taymda surxondaryoliklar Shohnazar Norbekovning goli evaziga hisobni ochishdi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda esa mehmonlar qarshi hujumda "Buxoro"ni jazolashdi. Gol muallifi — Abdulaziz Yusupov.

Ushbu g'alaba tufayli "Surxon" o'z ochkolarini 28taga etkazib, jadvalda 5-o'ringa ko'tarilib oldi. "Buxoro" esa 15 ochko bilan so'nggi pog'onada qolmoqda.

Superliga, 19-tur
“Buxoro” – “Surxon” 0:2

Gollar: Shohnazar Norbekov 47, - 0:1. Abdulaziz Yusupov 90+4, - 0:2.
“Buxoro”: Rahimjon Davronov, Boburjon Amonov (Vili Isiani, 86), Salamat Qutiboev, Asadbek Sobirjonov, Sardor Sulaymonov, Behruz Shodmonov, Ergash Ismoilov, Jaba Lipartiya, Andrey Sidorov (Shahzod Beshimov, 63), Milovan Kapor, Fatxullo Fatxulloev (Anvarjon Jo'raev, 51).
Zaxira: Shohjahon Nasimov, Mirjalol Jumaev, Jamoliddin Ubaydullaev, Asiljon Begimqulov, Davronbek Umirov, Artyom Kulesha.
“Surxon”: Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Salomov, Abdul Aziz Yusupov, Abror Ismoilov, Eldor Boymatov, Vladimir Bubanya, A'zamjon Aliev (Shoxnazar Norbekov, 16) (Duglas, 90), Darko Stanoevich, Asror G'ofurov.
Zaxira: Sardor Qobuljonov, Ravshanbek Xursanov, Azamat Allaniyazov, Abbosbek Maxstaliev, Behruz Sa'dullaev, Suhrob Ne'matov, Lukas.
Ogohlantirishlar: Rahmatullo Berdimurodov 72, Asadbek Sobirjonov 73, Vladimir Bubanya 78
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Shoxrux A'zamov, Isxaq Ibragimov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Sardor Qudratullaev
13 sentyabr 2019 yil. Buxoro, "Buxoro" stadioni. 18:30

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив