Mourino: «Messining oldida qarzdorman»

"Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga minnatdorchilik bildirdi.

"Men Madridda ajoyib uch yilni o'tkazdim. Shubhasiz, men qiyinchiliklarga duch kelgandim, lekin bu hayot. "Real"dagi faoliyatimdan ajoyib taassurotlar qolgan. O'sha paytda "Barselona" har tomonlama hukmronlik qilayotgan edi. Ular chiroyli futbol namoyish qilishgandi.

Bizning jamoaga qarshi o'ynagan ko'p futbolchilardan qarzdorman. Masalan, Messi mening raqibim edi. Ko'p tomonlama undan qarzdorman. U meni yanada kuchliroq murabbiyga aylantirdi. Boisi, men unga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimga to'g'ri kelgan edi. Xuddi shunday gapni mening jamoamga qarshi o'ynagan ajoyib futbolchilar haqida ham aytishim mumkin", - dedi Mourino "Marca" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Mourino 2010-2013 yillarda "Real"ni boshqargan. Uch yil davomida portugaliyalik mutaxassis bir martadan Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan.

скачать dle 12.1
M.O.X GRIEZMANN
M.O.X GRIEZMANN от 13 сентября 2019 23:42
Gap yo tan oliwam mardlik👏🏻👏🏻👏🏻
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив