Ulug'bek Baqoev: «Raqibga kelgusi o'yinlarda omad tilayman»

O'zbekiston Superligasi 19-turidan o'rin olgan “Andijon” hamda “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. O'yindan keyinig matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev ishtirok etdi.

–“Andijon” jamoasini yaxshi bilanman. Raqib ayni damda musobaqa jadvalining quyi qismida boryapti. Ammo o'yin kutilganidek qiyin bo'ldi. Biz uchun ham raqib uchun ham har bir ochko oltinga teng. Durang adolatli natija bo'ldi. Raqibga kelgusi o'yinlarda omad tilayman.

Biz doimo maydonga g'alaba uchun tushamiz, bu tabiy hol. Sababi har bir jamoa maydonga g'alaba uchun tushadi. Biroq futbolda doim o'ylaganingiz amalga oshmaydi. Bugun g'alaba qozonishni xohlagandik, ammo yakunda durang o'ynadik.

Natijadan bir tomondan qoniqdim bir tomondan yuq. Har bir ochko uchun kurashadigan jamoa bilan durang o'ynash adolatli, biroq o'yinning so'nggi qismida 1ta o'yinchi ko'p bo'lib o'ynadik bundan foydalanishimiz kerak edi.

Raqib haqida nima deya olasiz?

- Nima deyishim mumkin. Yaxshi jamoa. Bugun ular maydonning har bir qarichi uchun kurashishdi. Raqib haqida fikrlarim yaxshi. Raqib murabbiyi bilan ham aloqalarim yaxshi. O'yindan keyin biz bir-birimizga omad tiladik.

Jamoaning moliyaviy ahvoli qay darajada?

- Bu haqida gapirishga haqqim yuq. Biroq bugungi kunda bizda bu masalada muammo yuq", - deya Baqoev so'zlarini keltiradi Stadion.uz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив