Aleksandr Xomyakov: «Hakamning qarorini muhokama qilmayman»

O'zbekiston Superligasi 19-turidan o'rin olgan “Andijon” hamda “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. O'yindan keyinig matbuot anjumanining ikkinchi qismida “burgutlar” ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

“Hammagangiz yaxshi ko'rib turibsiz biz yana g'alaba qozona olmadik. Futbolchilarimga bugungi o'yin uchun rahmat aytmoqchiman. Omad bizdan yuz o'girdi.

Ochig'ini aytganda biz g'alab uchun o'ynamadik. Qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Bunday imkoniyatlardan biri Ro'zim Ahmedovda bo'lgandi. Afsus omad kelmadi.

Penalti bo'lganmidi? Buni biz muhokama qilmaymiz. Bunday vaziyatlarni muhokama qiladigan ularning o'z komiteti bor. Menimcha, to'p uning qo'liga tekkan edi.         

Natijadan qoniqmadim. Namangandagi o'yinni esalaysizmi? Menimcha bugun ham xuddi shunday o'yin bo'ldi. Raqibni xato qilishga majbur qila olmadik.  

Qo'llab quvvatlab turganingz uchun, qolaversa sabr qilayotganingiz uchun katta rahmat”, -deya Xomyakov so'zlarini keltiradi Stadion.uz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov.

 

 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив