Kutib oling! VAR endi APLda

Angliya premer-ligasi klublari hakamlarga videotakrorlar tizimi (VAR) dan foydalanishni joriy qilishga ovoz berishdi. Tizim APL ning yangi mavsumdagi barcha o'yinlarida ishlatiladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumdan boshlab VAR tizimi Italiya A Seriyasi va Germaniya Bundesligasida qo'llanildi, bu yildan boshlab esa La Liga ham ushbu tizimda foydalanishni boshladi.

Ta'kidlab o'tamiz, shu yilning sentyabr oyida premer-liga VAR tizimini test ravishda tekshirib o'tdi. O'tgan mavsum tizim Angliya Kubogi va Angliya kubogi ligasida ishlatildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив