2019 yilda ham APLda transfer oynasi erta yakunlanadi

APL 2019 yilda ham yozgi transfer muddatining tugashiga o'zgartirish kiritmaydigan bo'ldi.

Klublar faqat avgust oyining boshiga qadar yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. APL klublari ushbu formatni yoqlab ovoz berishdi.

Mazkur qoida ilk marta ushbu mavsumda amalda bo'ldi va transfer oynasi 9 avgust kuni yakunlandi. O'tgan mavsumda mazkur yangilikka "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Uotford", "Suonsi" va "Kristal Pelas" jamoalari qarshi chiqishgandi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив