APL. «Orzular teatri»da jangovor durang kuzatildi

Angliya premer-ligasining 15-turida “Manchester Yunayted” “Arsenal”ni qabul qildi.

Birinchi bo'limda “to'pchilar” hujumkor o'yin qilgan bo'lsa, “qizil iblislar” qarshi hujumga tayanib harakat qildi.

 O'yin o'ta zich va qo'ppol va shiddatli bo'ldi. O'yinning 26-daqiqasida burchak to'pidan uzatilgan to'pni Shkodran Mustafi boshi bilan engil zarba berdi ammo, De Xea bu to'pni qo'lidan chiqarib yubordi va hakam golni aniqlovchi vosita orqali golni hisobga oldi.

Javob goli ko'p ko'tirmadi ya'ni uchrashuvning 31-daqiqasida Roxo tepgan jarima to'pi ander Errerani oyog'i tushdi va u Marsyalga aniq tarzda etkazdi va franiyalik futbolchi hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo'limda “Arsenal”ning ikkita futbolchisi Aaron Remzi va Rob Xolding jarohat olib maydoni tark etishdi.

Ikkinchi bo'limning 68-daqiqasida zahiradan maydonga tushgan Lyakazett hisobni 1:2 ko'rinishiga olib kelgan bo'lsa, “qizil iblislar” bir daqiqadan keyin yana muvozanatni yo'qotdi.

O'yin shunday hisoda tugadi.

Manchester Yunayted – Arsenal 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 26 Mustafi, 1:1 – 30 Marsyal, 1:2 – 68 Lyakazett, 2:2 – 69 Lingard.

Manchester Yunayted: De Xea, Smolling, Roxo (Fellayni, 72), Darmian, Bayi, Lingard (Pogba, 75), Matich, Marsyal (Lukaku, 63), Errera, Diogu Dalot, Reshford.

Arsenal: Leno, Mustafi, Xolding (Lixtshtayner, 36), Kolashinats, Papastatopulos, Remzi (Mxitaryan, 46), Torreyra, Ivobi (Lyakazett, 65), Genduzi, Belerin, Obameyang.

Ogohlantirishlar: Mustafi (37), Roxo (38), Lingard (40), Belerin (41), Matich (42), Torreyra (86).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив