APL. «Manchester Siti» tennischa hisobda «Chelsi»ni mag'lub etdi

Angliya chempionatining 26-turi doirasida markaziy o'yin bo'lib o'tdi. «Yuventus» o'z maydonida «Chelsi»ni qabul qilib, o'ta yirik hisobda g'alaba qozondi.

Bahsning 4-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Kombinatsiya shaklidagi jarima zarbasini Sterling golga aylantirdi. Keyin esa Agueroning yulduzli onlari boshlandi. Argentinalik futbolchi birinchi bo'limda ikkita, ikkinchi bo'limda esa bitta gol urib, «xet-trik»ga erishdi. Shuningdek, dastlabki taymda Gnyudogan, o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida yana Rahim Sterling raqib darvozasini  ishg'ol qilib, hisobni 6:0 ko'rinishiga keltirib qo'yishdi.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin "Chelsi" 4-pog'onani boy berdi. Londonliklar hamshaharlari — "Arsenal" bilan 50 ochko jamg'arib, jadvalda 5 va 6-o'rinlarni egallab turishibdi. "Manchester Siti" esa bitta o'yin ko'p o'tkazgan holda ochkolar bo'yicha "Liverpul" bilan tenglashib oldi. Tabiiyki, to'plar farqi bo'yicha ustunlik Gvardiola jamoasi tomonida.

Angliya premer-ligasi, 26-tur
Manchester Siti – Chelsi 6:0 (4:0)
Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 2:0 – 13 Aguero, 3:0 – 19 Aguero, 4:0 – 25 Gyundogan, 5:0 – 56, penalti Aguero, 6:0 – 80 Sterling.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Zinchenko, de Bryuyne (Mahrez, 68), Fernandino (Silva, 75), Bernardu Silva, Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 65).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso (Emerson, 73), Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 52), Jorjino, Pedro (Loftus-Chik, 65), Kante, Azar, Iguain.
Ogohlantirishlar: Jorjino (60), Alonso (69), Gyundogan (77).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив