Yurgen Klopp: «Qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 34-turi doirasida bo'lib o'tgan «Chelsi»ga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— Juda yaxshi o'yin o'tkazdik. Kuchli raqibga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi. O'ylaymanki, biz tashabbusga erishdik va ayrim hududlarda yuqori temp bilan harakat qildik. Biz kurashdik, pas o'ynadik va zarbalar berdik. Deyarli barcha ishni qildik.

— Salohning golini qanday baholaysiz?
— Saloh ajoyib gol urdi. Jahon darajasidagi gol. Juda va juda yaxshi gol. Har tomonlama go'zal.

— Xendersonni Jerrard bilan taqqoslash mumkinmi?
— Men Stivenni inson sifatida bilaman. Uning etakchilik xususiyati haqida tasavvurga ega emasman. Xendo — bu jamoa uchun ajoyib sardor. Men ilk kunlardanoq bu haqida ko'p aytdim. So'nggi 3ta turda u ajoyib o'ynamoqda. Bu zo'r.

— Chempionlik poygasi haqida nima deya olasiz? Qolgan o'yinlarda ham g'alaba qozonish mumkinmi?
— Eng kamida shunga harakat qilishimiz kerak. Biz raqiblarni juda hurmat qilamiz. «Kardiff» jon saqlab qolish uchun kurashayotganidan xabarimiz bor. Bugun juda muhim o'yin bo'ldi. Boisi, «Chelsi» — juda kuchli jamoa. Biz aqlbovar qilmas natijaga erishdik.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив