APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Angliya Premer-ligasi 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomini e'lon qildi. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola sovringa ega chiqdi.

Ispaniyalik mutaxassis ketma-ket ikkinchi marta APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» ushbu mavsumda 98 ochko to'plab, Angliya chempionligini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, "shaharliklar" Angliya liga kubogiga ega chiqib, Angliya kubogi finalida "Uotford" bilan o'ynaydi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив