APL. «Arsenal» safarda g'alaba qozondi (videosharh)

Londonning "Arsenal" klubi yangi mavsumni g'alaba bilan boshladi. Safarda "Nyukasl" klubi mehmoni bo'lgan "kanonirlar", kichik hisobda g'alaba qozonishdi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Bahsning 58-daqiqasida esa qanotdan etkazilgan uzatma natijasida Per-Emerik Obameyang darvozabon qarshisida yolg'iz qoldi va darvozani ishg'ol qildi.

Mazkur gol o'yinda yagonaligicha qoldi.

Angliya premer-ligasi, 1-tur
Lester – Vulverxempton - 0:0 (0:0, 0:0)
Lester – Shmeyxel, Evans, Rikardu Pereyra, Seyundjyu, Chiluell, Meddison, Tilemans, Chouduri (Barns, 61), Ndidi, Peres (Olbrayton, 76), Vardi.
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Boli, Koudi, Doerti, Moutinyu, Dendonker, Ruben Nevesh (Saiss, 81), Bennett, Ximenes, Diogu Jota (Kutrone, 76).
Ogohlantirishlar: Kastro (31), Ruben Nevesh (60).

Nyukasl – Arsenal - 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58 Obameyang.
Nyukasl – Dubravka, Sher, Dammett, Lassels, Mankilo, Ritchi, Shelvi (Villems, 54), Xeyden, Longstaff (Sen-Maksimen, 67), Almiron, Joelinton.
Arsenal – Leno, Chembers, Monreal, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Genduzi, Jaka, Uillok (Sebalos, 64), Mxitaryan (Martinelli, 84), Nelson (Pepe, 71), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Almiron (18), Nelson (25), Mxitaryan (37), Jaka (81).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив