APL. Lempard debyut o'yinida «MYu»ga yirik hisobda yutqazdi

Angliya chempionatining 1-turi doirasida markaziy o'yin yakuniga etdi. Frenk Lempard boshchiligidagi "Chelsi" "Old Trafford"da yirik hisobda yutqazib qo'ydi.

Londonliklar bahsni faol boshlagan bo'lsalar-da, o'yinning 18-daqiqasida himoyachilarning ehtiyotsizligi tufayli ularning darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrli nuqta oldiga Pogba emas, Reshford yaqinlashdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bahsning 34-daqiqasida Reshford yana bir marta darvozani ishg'ol qilgan edi, ammo VAR tizimi bu golni bekor qildi.

Birinchi bo'lim so'ngida "Chelsi" ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Barkli yakkama-yakka vaziyatda De Xeani dog'da qoldira olmagan bo'lsa, Emersonning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa "Manchester Yunayted" o'yin taqdirini hal qilib qo'ydi. Dastlab maydon egalari qarshi hujumda raqibini jazoladi. Gol muallifi — Antoni Marsial. Oradan 2 daqiqa o'tib Pogbaning uzatmasidan keyin Reshford birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va Arrisabalagani dog'da qoldirdi.

Bahs tugashiga 9 daqiqa qolganida esa "MYu" safida debyut o'yinini o'tkazayotgan Daniel Jeyms qulay imkoniyatni qo'l boy bermay, o'z hisobiga gol yozdi.

Shu tariqa, Lempardning "Chelsi"dagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Angliya premer-ligasi, 1-tur
Manchester Yunayted – Chelsi - 4:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 18, penalti Reshford, 2:0 – 65 Marsyal, 3:0 – 67 Reshford, 4:0 – 81 Jeyms.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, Maguayr, Shou, Pogba, Lingard (Mata, 86), Maktomini, Pereyra (Jeyms, 74), Marsyal, Reshford (Grinvud, 86).
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Emerson, Kristensen, Maunt, Barkli (Pulishich, 58), Jorjino (Kante, 73), Kovachich, Pedro, Abraxam (Jiru, 66).
Ogohlantirishlar: Zuma (36), Lingard (48), Jorjino (52), Abraxam (57), Lindelef (69), Marsyal (80), Kante (90).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив