APLdagi "yangilar" haqida qisqacha

Ushbu mavsum dunyoning eng kuchli chempionati sanaladigan APLga qaytgan  3 ta jamoa muxlisalari uchun o'zgacha ruhda o'tishi turgan gap. Bu klublarning oldiga qo'ygan eng muhim yuqori dvizionda jon saqlab qolish desak, adashmagan bo'lamiz. Bugun yangi mavsumda katta ehtimol bilan APLda qolish uchun kurash olib boradigan «yangilar» bilan qisqacha tanishtirib o'tamiz.

«Norvich Siti»

Bu klubni chinakam APLdagi nemis jamoasi deb atasak bo'ladi. Gap shundaki, bu jamoaning bosh murabbiyi germaniyalik bo'libgina qolmay,  klub tarkibida naqd 10 ta nemis futbolchisi to'p suradi. Jamoa bosh murabbiyi «championship»dagi g'oliblikdan so'ng,  o'z uslubiga va futbolchilarga sodiq qolishga qaror qildi va elitada ham aynan shu yigitlar bilan ishtirok etadigan bo'ldi.
Oliy dvizionga qaytgan 3 ta klub orasida «Norvich»ning jon saqlab qolish imkoniyati biroz ko'proq. Sababi, «Norvich» boshqa klublar singari yuqori dvizionga chiqishi bilan birin ketin futbolchilar sotib olmadi va «Chempionship»da g'olib bo'lgan tarkibni mahkam ushlab qoldi. Eng qizig'I shundaki, klubning o'yinini kuchaytirish maqsadida (erkin agent) Drmichdan boshqa kattaroq transferni amalga oshirmadi. Klub yangi mavsumda to'liq o'z futbolchilarga suyangan xolda to'p surishi aniq. Bu qaror klubning jamoaviy o'yinini yanada kuchaytirishi va ichki muhitning a'lo darajada bo'lishini ta'minlaydi.

«Sheffild Yunayted»

O'tgan mavsumda «Chempionship»da chinakam shov-shuv ko'targan klub mavsumni ikkinchi o'rin bilan yakunladi va elitaga to'ridan-to'gri yo'l olishga muvaffaq bo'ldi.Eng qizig'i shundaki, klub «Chempioship»dagi eng  kichik byudjetga ega bo'lishiga qarmasdan, o'ta mahoratli murabbiyning sayi harkatlari evaziga APLda to'p surish baxtiga muyassar bo'ldi.
«Sheffild Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Kris Uaylder o'tgan mavsumda Angiliyaning eng yaxshi murabbiyi deb topilganidan ko'pchilikning xabari bo'lmasa kerak. Qahramonimiz so'rovnomada Gvardiola va Kloppni ham ortda qoldirib g'olib chiqqani uning chinakam mutaxassis ekanligini bildiradi. Bu jamoada asosan Shotland, ingliz, irland va uelslik futbolchilar to'p suradi. Britaniyalik yigitlardan tashkil topgan klub  jismoniy ustunlik evaziga «Chempionship»da ajoyib natija ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. Umuman olganda, klub APLga qaytgan bo'lsada, birorta katta haridni amalga oshirmadi. Katta ehtimol bilan bu jamoa APLni tark etishi kutilmoqda. Shunday bo'lsada, Kris Uaylder «nimadir» o'ylab topishi hech gap emas!

«Aston Villa»

APLga qaytish yo'lida «Vest bromvich» va «Derbi» singari jamoalar bilan bo'lgan daxshatli o'yinlarda g'olib bo'lgan jamoaning transfer siyosati «Sheffild Yunayted»nikidan keskin farq qiladi.

«Aston Villa» yangi mavsumni tarkibdagi katta o'zgarishlar bilan boshlashga qaror qildi. Bir qarashda, bu to'g'ridek ko'ringani bilan qisqa muddat ichida bir nechta futbolchilardan kuchli jamoa tuzishning ilojo yo'q. So'zimizga o'tgan mavsumda transferlarga juda katta pul sarflagan bo'lsada, APLni tark etgan «Fulhem» yaqqol misol bo'la oladi.
«Aston Villa» yangi mavsum oldidan transferlar uchun naqd 148 million evro sarfladi.

Jamoa darvozabonlarni inobatga olmasa, har bir pozitsiya uchun futbolchi harid qildi va APLga chiqish uchun katta mehnat qilgan yigitlarni chetga surib tashladi. Bunday qaror qanchalar o'zini oqlashi nomalum. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив