A seriyaning eng tezkor futbolchilari e'lon qilindi

Football Italia portali A seriya ushbu mavsumining dastlabki turlari bo'yicha eng tez yuguradigan futbolchilar reytingini e'lon qildi.

«Napoli» himoyachisi Kostas Manolas eng tezkor futbolchi ekani aniq bo'ldi. U o'z tezligini 35,41 km/soatga etkazgan.

Ikkinchi o'rinni esa «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi. 34 yoshli futbolchi 34,62 km/soat tezlik bilan yugurgan.

Shuningdek, kuchli beshlikka Simone Dzadza («Torino», 34,56 km/soat), Janluka Manchini («Roma», 34,46 km/soat) va Berat Jimsiti («Atalanta», 34,26 km/soat) kirishdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив