Ispaniya kubogi. «Real» yirik hisobda g'alaba qozondi

Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida "Real" o'z maydonida "Melilya"ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazdi. Madridliklar dastlabki o'yinda bo'lgani kabi bu safar ham yirik hisobda g'alaba qozonishdi.

Mezbonlarning oltita goliga quyi liga klubi bir marta javob qaytara oldi. Bugungi o'yinda Asensio va Isko o'z hisobiga ikkitadan gol yozishdi.

Shu tariqa, "Real" Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichiga yo'l oldi.

Ispaniya kubogi. 1/16 final, javob o'yini
"REAL MADRID" - "MELIL'Ya" - 6:1 (4:0)
Gollar: 1:0 – 33 Asensio, 2:0 – 35 Asensio, 3:0 – 39 Xaver Sanches, 4:0 – 47 Isko, 5:0 – 75 Vinisius Junior, 5:1 – 81, penalti Kasmi, 6:1 – 83 Isko.
Real Madrid – Navas, Xaver Sanches, Valexo, Odriosola, Karvaxal (Fran Garsiya, 46), Lorente (Sebalos, 46), Valverde, Asensio, Isko, Vinisius Junior (Fidalgo, 79), Dias.
Melilya – Moreno, Mizzian (Otegi, 46), Richi Segura, Maanan, Menudo (Brayan Martin, 60), Ortega, Pepe, Ruano (Brahim, 56), Torres, Kasmi, Oskar Garsiya.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив