La liga. «Atletik» yana «Barselona»ni ochkolardan mahrum qildi

Bilbao "Atletik" klubi ushbu mavsumda ikkinchi marta "Barselona" klubiga mag'lub bo'lmayapti. Birinchi davrada "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, "San Manes"da o'tkazilgan bugungi bahsda hisob ochilmadi.

Mezbonlar musobaqa peshqadamiga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi va "Barsa"ga xavfli vaziyat yaratish uchun deyarli imkon berishmadi. Aksincha, basklar 3-4ta golga tortadigan hujumlar uyushtirishdi. Ter Shtegenning mahorati "ko'k-anorranglilar"ni muqarrar gollardan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, "Barselona" va ikkinchi o'rindagi "Real" o'rtasidagi ochkolar farqi endi 6 ochkoni tashkil etmoqda.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
Atletik – Barselona 0:0 (0:0, 0:0)
Atletik – Yago Errerin, Martines, Yeray Alvares, Balensiaga, Berchiche, Benyat (San Xose, 56), Dani Garsiya, Raul Garsiya, Susaeta (Muniain, 62), De Markos, Inyaki Uilyams (Kodro, 90).
Barselona – ter Stegen, Pike, Serdji Roberto, Nelson Semedu, Langle (Vermalen, 88), Vidal (Alenya, 63), Buskets, Rakitich, Koutino (Dembele, 75), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (52), De Markos (68), Langle (72), Buskets (78), Yeray Alvares (90).
Chetlatish: De Markos (90).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив