La liga. «Valensiya» g'alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 32-turida "Valensiya" o'z maydonida "Levante"ni qabul qilib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

"Ko'rshapalaklar" o'yinning 2-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlarning o'zlariga raqibga hisobni tenglashtirish uchun "yordam" berib yuborishgan bo'lsa, keyinchalik baribir g'alabani o'z tomonlariga og'dirishdi.

"Valensiya" hujumchisi Santi Mina bu o'yinda "dubl"ni rasmiylashtirdi. Jamoa ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 49taga etkazib, jadvalda 6-o'rinni mustahkamlab oldi.

Ispaniya La ligasi, 32-tur
Valensiya – Levante 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 2 Santi Mina, 1:1 – 56, avtogol Soler, 2:1 – 57 Gedesh, 3:1 – 63 Santi Mina.
Valensiya – Neto, Pichchini (Koklen, 32), Garay, Gabriel, Gayya, Soler, Vass, Parexo (Gameyro, 71), Cheryshev, Santi Mina, Gedesh (Li Kan In, 78).
Levante – Fernandes, Kabako, Ruben Vezu, Koke, Rober, Djeyson, Luna (Saymon, 69), Rochina (Bardi, 77), Kampanya, Morales, Marti (Mayoral, 68).
Ogohlantirishlar: Soler (33), Mayoral (81), Li Kan In (83), Kabako (89).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив