Bartomeu: «Valverdega to'la ishonamiz»

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bosh murabbiy Ernesto Valverdega ishonishini ta'kidlab o'tdi.

«Yosh futbolchilarga ishonch bildirayotgan va bu borada ehtiyotkorlik bilan ish olib borayotgan murabbiyga baho berishni istayman. Bu yo'nalish bo'yicha Valverde talabimizga to'la javob beradi. Shu bois, biz unga to'la ishonamiz», - dedi Bartomeu.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» ushbu mavsumda Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi va mamlakat kubogi finalida bahs olib boradi. Jamoa Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichida «Liverpul»ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив