Azar «Real» safida rasmiy o'yinda qachon debyut qilish ma'lum bo'ldi

«Real» yarim himoyachisi Eden Azar jarohatidan forig' bo'lib bormoqda. "Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, belgiyalik futbolchi kutilganidan ko'ra tezroq sog'ayib bormoqda. Shu bois, u ikki haftadan keyin maydonga tushishi mumkin.

Katta ehtimol bilan Azar La liganing 3-turi doirasida bo'ladigan «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda «Real» safida debyut qilishi mumkin. Bu o'yin 1 sentyabr kuniga belgilangan.

Avvalroq Azar belidan olgan jarohati tufayli 3-4 haftaga safdan chiqqani ma'lum bo'lgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив