Tarixda ilk marta ayollar «klasiko»si o'tkazildi (videosharh)

7 sentyabr, shanba kuni ayollar futboli tarixida dastlabki "el-klasiko" bo'lib o'tdi. "Barselona" ayollar jamoasi "Yoxan Kruiff arena"da "Real Madrid Takona" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Madridliklar "Takona"ni yaqinda tashkil qilishdi va jamoa ushbu mavsumdan boshlab ilk marta musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Ushbu bahs kataloniyaliklarning 9:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Ko'k-anorranglilar" birinchi bo'limda 4ta gol urishgan edi. Ikkinchi bo'lim boshida madridliklar bitta javob to'pini kiritishgan bo'lsa, qolgan daqiqalarda "Barsa" yana 5ta to'pni raqib darvozasiga yo'lladi.

Shu tariqa, tarixdagi ilk ayollar «klasiko»si "Barselona"ning yirik hisobdagi g'alabasi bilan tugadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив