A seriya. «Napoli» va «Inter» g'alaba qozonishdi

Italiya chempionatining 32-turi doirasida kecha oqshom bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Napoli" safarda "Kevo" klubi mehmoni bo'lib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. E'tiborli tomoni, napoliliklar markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali mazkur o'yinda 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu uning mavsumdagi dastlabki gollari bo'ldi. Ushbu g'alabadan keyin "Napoli" peshqadam "Yuventus" bilan ochkolar farqini 17taga qisqartirdi.

A seriyada uchinchi o'rinda borayotgan "Inter" ham safardan shunday hisobdagi g'alaba bilan qaytdi. «Frozinone» «neradzurri»ga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi. Ushbu g'alabadan keyin "Inter" 4-o'riindagi hamshaharlari "Milan" bilan oradagi 5 ochkolik farqni saqlab qoldi.

Italiya A seriyasi, 32-tur
Kevo – Napoli 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 15 Kulibali, 0:2 – 64 Milik, 0:3 – 81 Kulibali, 1:3 – 90 Tsesar.
Kevo – Sorrentino, Depaoli, Andreolli, Tsesar, Barba, Xetemay, Diusse, Jakkerini, Vignato (Leris, 67), Stempinski (Kiyine, 80), Medjorini (Grubats, 74).
Napoli – Ospina, Xyusay, Kirikesh, Kulibali, Gulyam, Kalexon (Verdi, 81), Zelinski, Fabian Ruis (Yunes, 73), Insine (Allan, 67), Mertens, Milik.

Frozinone – Inter 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 19 Nainggolan, 0:2 – 37, penalti Perishich, 1:2 – 61 Kassata, 1:3 – 90 Vesino.
Frozinone – Sportello, Goldaniga, Ariaudo, Kapuano, Paganini, Kassata (Chiano, 63), Chibsa, Valtsania (Mayello, 82), Begetto, Pinamonti (Dionizi, 88), Chiofani.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Vesino, Valero (Galyardini, 74), Politano (Joau Mariu, 89), Nainggolan, Perishich (Keyta Balde, 70), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Paganini (31), Chibsa (35), Vesino (48), Chiano (83).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив