A seriya. «Inter» va «Bolonya» g'alaba qozondi

Italiya chempionatining 36-turi doirasida so'nggi o'yinlar bo'lib o'tdi.

«Inter» o'z maydonida «Kevo»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur g'alaba tufayli "neradzurri" 66 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

A seriyada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan "Bolonya" va "Parma" jamoalari o'rtasidagi o'yinda bolonyaliklar yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Natijada Sinisha Mixaylovich jamoasi o'z ochkolarini 40taga etkazib oldi.

Italiya chempionati, 36-tur
Bolonya – Parma 4:1 (0:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 52 Orsolini, 2:0 – 59, avtogol Sepe, 3:0 – 72 Voynovich, 3:1 – 81 Ingleze, 4:1 – 84, avtogol Serralta.
Bolonya – Skorupski, Mbaye, Larangeyra (Korbo, 86), Voynovich, Kreychi, Pulgar, Jemaili, Orsolini, Soriano (Svanberg, 75), Palasio, Destro (Santander, 66).
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Bastoni, Gatstsola (Siligardi, 60), Rigoni, Skotstsarella, Dimarko, Jervino, Cheravolo (Ingleze, 61), Sprokati (Serralta, 65).
Ogohlantirishlar: Dimarko (33), Rigoni (34), Soriano (48), Jervino (58), Brunu Alvesh (61), Skotstsarella (71).
Chetlatish: Brunu Alvesh (62).

Inter – Kevo 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 39 Politano, 2:0 – 86 Perishich.
Inter – Xandanovich, Soaresh, Miranda, Asamoa, Shkrinyar, Nainggolan, Valero, Vesino (Galyardini, 65), Perishich, Politano (Kandreva, 62), Ikardi (Martines, 79).
Kevo – Shemper, Tsesar, Bani, Tomovich (Yaroshinski, 78), Vignato (Pellisse, 80), Depaoli, Rigoni, Xetemay, Medjorini, Grubats (Kiyine, 51), Leris.
Ogohlantirishlar: Grubats (26), Valero (35), Rigoni (36), Perishich (70).
Chetlatish: Rigoni (76).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив