A seriya murabbiylari maoshi e'lon qilindi

"La Gazzetta dello Sport" nashri A seriya klublari murabbiylari maoshi reytingini e'lon qildi.

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Kontening bir yillik maoshi 11 million evroga teng. Ikkinchi pog'onani Mauritsio Sarri («Yuventus») egalladi – 5,5 mln evro. «Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa uchinchi o'rinda qayd etildi — 5 mln evro.

Shuningdek, kuchli beshlikka Sinisha Mixaylovich («Bolonya») va Paulu Fonseka («Roma») kiritildi. Ular yiliga 3 million evro maosh olishmoqda.

Ta'kidlash joizki, «Inter» Luchano Spallettiga 4,5 mln evro, «Yuventus» esa Massimiliano Allegriga 7,5 mln evro maosh to'lashda davom etmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив