JCh-2022 guruh bosqichi o'yinlarida penaltilar seriyasi joriy qilinadimi?

The Sun xabariga ko'ra, FIFA 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati guruh bosqichi o'yinlarida penaltilar seriyasi joriy qilish haqida bosh qotirmoqda.

Penaltilar seriyasi o'yin durang natija bilan tugagan taqdirda qo'llaniladi.

Manbada yozilishicha, bu yangilik mundial ishtirokchilarining 32 dan 48 taga ko'payganida qo'llaniladi. Jamoalar har biri 3 ta terma jamoadan 16 ta guruhga bo'linadi, bu narsa u yoki bu jamoaning so'nggi turda durang ham qanoatlantirishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni keltirib chiqaradi.

Durang natijada xudi hozirgidek bir ochkodan beriladi, penaltilar seriyasida g'olib chiqqan jamoa qo'shimcha ochkoga ega bo'ladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив