FIFA JCh-2018dagi eng unitilmas voqeani ma'lum qildi

FIFA rasmiy saytida Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatining eng unitilmas voqeasini ma'lum qildi.

2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya darvozasiga uchta gol urgani eng esda qolgan voqea deb topildi. Bu haqda FIFA o'zining rasmiy saytida e'lon qildi.

Jami bo'lib Twitter’da o'tkazilgan so'rovnomada 14 ming muxlis ishtirok etdi, g'olib esa jami bo'lib, 50 foiz ovoz to'pladi.

Ikkinchi o'rin Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroosga nasib qildi (24 foiz ovoz).

Urugvay terma jamoasi hujumchisi Edinson Kavani 1/8 finalda Portugaliyaga urgan goli bilan 19 foiz ovoz to'plab,  uchinchi o'rinni egalladi.

To'rtinchi o'rinni 9 foiz ovoz bilan perulik hujumchi Xose Paolo Guerrero egalladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив