JCh-2022ga yana bir davlat mezbonlik qilishi mumkin

FIFA JCh-2022da ishtirok etadigan terma jamoalar sonini 32 dan 48 tagacha oshirishni ko'rib chiqmoqda. Agar shunday bo'lsa, Eron jahon chempionatini tashkil qilishda Qatarga yordam berishi mumkin.

Jamoalar soni oshirilsa, katta ehtimol bilan, Qatar stadionlarida muxlislar sig'imi borasida muammolar kuzatiladi.

Bunday holda, Eron ba'zi-bir jamoalarga o'zining stadionlarini taqdim qiladi. Eron bu taklifni FIFA bilan muhokama qilishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Qatarda jahon chempionati 21 noyabrdan boshlab 18 dekabrgacha davom etadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив