Avstraliya Indoneziya bilan birgalikda JCh-2034ga mezbonlik qilmoqchi

Avstraliya futbol federatsiyasi (AFF) delegatsiyasi Indoneziya futbol federatsiyasi (IFF) bilan 2034 yilgi jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qilish g'oyasini muhokama qildi.

"Biz IFF bilan JCh-2034 mezbonligi uchun birgalikda ariza topshirishni muhokama qilganimizni tasdiqlaymiz, - deyiladi Reyter agentiligi tarqatgan AFF bayonotida. - Biz shuningdek, o'tgan haftada Laosda bo'lib o'tgan ASEAN (Janubi-sharqiy Osiy mamlakatlari assotsiatsiyasi) uchrashuvida ham buni muhokama qilgan edik.

Muzokaralar natijalari hozircha keltirilmagan.

Avvalroq ASEAN etakchilari JCh-2034 mezbonligi uun birgalikda ariza topshirish istagini bildirgan edilar.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив