AGMKning OChL saralash bosqichidagi raqiblari aniq bo'ldi

O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan AGMK klubi kelasi mavsumda Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Olmaliqliklar uchun yangi mavsum 12 fevraldan boshlanadi. O'sha kuni Baxtiyor Ashurmatov jamoasi OChL saralashining 2-bosqichi doirasidagi o'yinni o'z uyida o'tkazadi. Shu kuni Tojikiston va Bahrayn chempionlari o'rtasidagi o'yin g'olibi Olmaliqqa tashrif buyuradi.

AGMK bu o'yinda g'alaba qozonsa, guruh bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi maydoniga yo'l oladi. Bu bahs 19 fevral kuniga belgilangan. Bu haqda taniqli futbol mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zinig telegramdagi kanali xabar tarqatdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив