OFK reytingi. Iroq bizdan uzoqlashdi

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasida 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Musobaqa uchun yo'llanmalarni taqsimlab beradigan OFK reytingidagi o'zgarishlarga to'xtalib o'tamiz.

Bu galgi reyting klublarning so'nggi 4 yildagi (2016-2019) natijalari asosida tuziladi. 2019 yilning noyabr oyida oxirida reytingning holati bo'yicha 2021 va 2022 yilgi mavsumlarda mamlakatlarga beriladigan OChL yo'llanmalari soni aniq bo'ladi.

2-turda "Lokomotiv" mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, "Paxtakor" o'z maydonida Saudiyaning "Al-Ahli" klubini mag'lub etdi. Umumiy hisobda 3 ochko qo'lga kiritildi va bu ikkiga bo'linib, O'zbekiston hisobiga 1,5 ball qo'shildi. Reytingdagi ochkolarimiz 29,200ga etdi.

Umumiy reytingda O'zbekiston Avstraliyadan oldinga o'tib, 10-pog'onaga joylashgan bo'lsa-da, G'arb mintaqasida bizdan oldinda borayotgan Iroq oradagi farqni oshirdi. OChLda ishtirok etayotgan iroqliklarning yagona klubi "Az-Zaura" ushbu turda BAAning "Al-Vasl" klubini mag'lub etib, o'z davlati hisobiga 3 ballni qo'shib qo'ydi. Endi Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi ochkolar farqi 2,5 ballni tashkil etmoqda.

2019 yilda eng ko'p ball to'plagan mamlakatlar (G'arb)
O'zbekiston — 5.0 ball
Iroq — 4,300
Qatar — 3,900
Saudiya Arabistoni — 3,600
Eron — 3,500
BAA — 2,633

Iroqdan o'tish nima uchun kerak?
Ayni paytda O'zbekiston OFK koeffitsientlar jadvalining G'arb mintaqasida 6-o'rinni egallab turibdi. Bu esa OChL uchun bor-yo'g'i 1+1 ko'rinishida yo'llanma berilishini anglatadi. Biz yil oxiriga kelib 5-o'ringa ko'tarilsak, 2021 va 2022 yilgi mavsumlarda 1+2 ko'rinishidagi kvotalarga ega bo'lamiz.

"2+2" kvotaga ega bo'lishimiz mumkinmi?
Mumkin. Buning uchun G'arb mintaqsi jadvalida kuchli to'rtlikka kirishimiz kerak. Ayni paytda 4-o'rinni egallab turgan Birlashgan Arab Amirliklari bizdan taxminan 10,9 ballga oldinda bormoqda. Mazkur tafovutni yo'qqa chiqarish uchun klublarimiz OChLda imkon qadar uzoqroqqa borishi va BAAning 3ta klubi guruh bosqichidan o'ta olmasligi lozim.

OFK koeffitsientlar jadvali (2019 yil 13 mart holatiga)

RankMAClub PointsTotal
Points
2016201720182019
1 Qatar 22.000 13.400 19.850 3.900 59.150
2 China PR 14.750 24.567 16.200 2.850 58.367
3 Korea Republic 20.750 9.950 18.350 4.350 53.400
4 Islamic Republic of Iran 13.000 16.200 18.850 3.500 51.550
5 Japan 10.500 21.850 13.850 4.550 50.750
6 Saudi Arabia 9.500 18.600 10.000 3.600 41.700
7 United Arab Emirates 18.000 11.350 8.100 2.633 40.083
8 Thailand 1.000 15.050 16.200 4.050 36.300
9 Iraq 9.833 8.933 8.633 4.300 31.700
10 Uzbekistan 9.750 5.050 9.400 5.000 29.200
11 Australia 14.000 5.900 7.300 1.100 28.300
12 Philippines 4.667 8.120 5.843 1.967 20.597
13 India 7.667 6.250 4.417 0.550 18.883
14 Jordan 4.167 4.900 7.633 1.967 18.667
15 Tajikistan 0.333 12.900 4.433 0.500 18.167
16 Malaysia 7.167 4.395 3.633 1.450 16.645
17 Singapore 4.500 5.138 5.617 1.133 16.388
18 Turkmenistan 2.000 4.483 7.583 0.400 14.467
19 Syria 5.333 5.933 2.000 0.833 14.100
20 Bahrain 5.333 3.467 1.633 1.333 11.767
21 Hong Kong 5.833 1.750 3.300 0.650 11.533
22 Vietnam 4.000 2.800 3.267 1.433 11.500
23 Lebanon 6.333 0.833 3.933 0.333 11.433
24 DPR Korea 0.000 3.433 7.433 0.400 11.267
25 Maldives 1.333 4.300 4.300 0.000 9.933
26 Myanmar 2.333 1.300 4.062 0.600 8.295
27 Indonesia 0.000 0.000 4.100 1.933 6.033
28 Cambodia 0.000 1.683 2.250 1.000 4.933
29 Oman 1.000 2.200 1.583 0.100 4.883
30 Macau 0.000 0.000 4.000 0.000 4.000
31 Bangladesh 1.000 1.333 1.433 0.000 3.767
32 Palestine 2.000 0.200 0.150 0.633 2.983
33 Kyrgyz Republic 0.000 1.400 0.150 0.100 1.650
34 Laos 1.000 0.150 0.150 0.333 1.633
35 Kuwait 0.000 0.000 0.000 1.433 1.433
36 Sri Lanka 0.000 0.100 0.000 0.350 0.450
37 Bhutan 0.000 0.150 0.150 0.100 0.400
38 Mongolia 0.000 0.000 0.100 0.100 0.200
39 Afghanistan 0.000 0.150 0.000 0.000 0.150
скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив