OFK reytingi. Iroqqa ozina yaqinlashdik

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Musobaqa uchun yo'llanmalarni taqsimlab beradigan OFK reytingidagi o'zgarishlarga to'xtalib o'tamiz.

Bu galgi reyting klublarning so'nggi 4 yildagi (2016-2019) natijalari asosida tuziladi. 2019 yilning noyabr oyida oxirida reytingning holati bo'yicha 2021 va 2022 yilgi mavsumlarda mamlakatlarga beriladigan OChL yo'llanmalari soni aniq bo'ladi.

3-turda "Paxtakor" o'z maydonida Qatarning "As-Sadd" klubini qabul qilib, jangovar durangga imzo chekdi. "Lokomotiv" esa safarda "Al-Ittihod" mehmoni bo'lib, ijobiy natija qayd etishi mumkin edi. Ammo o'yin davomida yo'lga qo'yilgan qo'pol xatolar va foydalanilmagan vaziyatlar tufayli "temiryo'lchilar" kamida 1 ochkoni qo'lga chiqarishdi.

Natijada mazkur turda o'zbek jamoalari qo'lga kiritgan bir ochko ikkiga bo'linib, 0,5 ball hisobimizga qo'shib qo'yildi. Reytingdagi ochkolarimiz 29,700ga etdi.

G'arb mintaqasida bizdan oldinda borayotgan Iroq bu safar o'z hisobiga ochko qo'sha olmadi. OChLda ishtirok etayotgan iroqliklarning yagona klubi "Az-Zaura" ushbu turda Saudiyaning "An-Nassr" klubiga imkoniyatni boy berdi. Shu bois, Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi ochkolar farqi 2,0 ballni tashkil etmoqda.

2019 yilda eng ko'p ball to'plagan mamlakatlar (G'arb)
Eron — 6,500
O'zbekiston — 5.500 ball
Iroq — 4,300
Qatar — 4,567
Saudiya Arabistoni — 5,100
BAA — 3,967

Ayni paytda O'zbekiston OFK koeffitsientlar jadvalining G'arb mintaqasida 6-o'rinni egallab turibdi. Bu esa OChL uchun bor-yo'g'i 1+1 ko'rinishida yo'llanma berilishini anglatadi. Biz yil oxiriga kelib 5-o'ringa ko'tarilsak, 2021 va 2022 yilgi mavsumlarda 1+2 ko'rinishidagi kvotalarga ega bo'lamiz.

"2+2" kvotaga ega bo'lishimiz mumkinmi?
Mumkin. Buning uchun G'arb mintaqsi jadvalida kuchli to'rtlikka kirishimiz kerak. Ayni paytda 4-o'rinni egallab turgan Birlashgan Arab Amirliklari bizdan taxminan 11,7 ballga oldinda bormoqda. Mazkur tafovutni yo'qqa chiqarish uchun klublarimiz OChLda imkon qadar uzoqroqqa borishi va BAAning 3ta klubi guruh bosqichidan o'ta olmasligi lozim.

RankMvmtMAClub PointsTotal
Points
2016201720182019
1 China PR 14.750 24.567 16.200 5.350 60.867
2 Qatar 22.000 13.400 19.850 4.567 59.817
3 Korea Republic 20.750 9.950 18.350 5.850 54.900
4 Iran 13.000 16.200 18.850 6.500 54.550
5 Japan 10.500 21.850 13.850 6.050 52.250
6 Saudi Arabia 9.500 18.600 10.000 5.100 43.200
7 United Arab Emirates 18.000 11.350 8.100 3.967 41.417
8 Thailand 1.000 15.050 16.200 4.050 36.300
9 Iraq 9.833 8.933 8.633 4.300 31.700
10 Uzbekistan 9.750 5.050 9.400 5.500 29.700
11 Australia 14.000 5.900 7.300 1.600 28.800
12 Philippines 4.667 8.120 5.843 2.633 21.263
13 India 7.667 6.250 4.417 0.883 19.217
14 Jordan 4.167 4.900 7.633 2.467 19.167
15 Tajikistan 0.333 12.900 4.433 1.000 18.667
16 Singapore 4.500 5.138 5.617 2.133 17.388
17 Malaysia 7.167 4.395 3.633 1.450 16.645
18 Turkmenistan 2.000 4.483 7.583 0.733 14.800
19 Syria 5.333 5.933 2.000 1.333 14.600
20 DPR Korea 0.000 3.433 7.433 1.400 12.267
20 Bahrain 5.333 3.467 1.633 1.833 12.267
22 Hong Kong 5.833 1.750 3.300 1.150 12.033
23 Vietnam 4.000 2.800 3.267 1.933 12.000
24 Lebanon 6.333 0.833 3.933 0.833 11.933
25 Maldives 1.333 4.300 4.300 0.000 9.933
26 Myanmar 2.333 1.300 4.062 1.100 8.795
27 Indonesia 0.000 0.000 4.100 2.100 6.200
28 Cambodia 0.000 1.683 2.250 1.000 4.933
29 Oman 1.000 2.200 1.583 0.100 4.883
30 Bangladesh 1.000 1.333 1.433 1.000 4.767
31 Macau 0.000 0.000 4.000 0.000 4.000
32 Palestine 2.000 0.200 0.150 0.633 2.983
33 Kyrgyz Republic 0.000 1.400 0.150 0.433 1.983
34 Kuwait 0.000 0.000 0.000 1.933 1.933
35 Laos 1.000 0.150 0.150 0.333 1.633
36 Sri Lanka 0.000 0.100 0.000 0.350 0.450
37 Bhutan 0.000 0.150 0.150 0.100 0.400
38 Mongolia 0.000 0.000 0.100 0.100 0.200
39 Afghanistan 0.000 0.150 0.000 0.000 0.150

 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив