Andrey Fyodorov: «Raqibga gollarni o'zimiz yaratib berdik»

“Al Vahda”dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov matbuot anjumanida qatnashdi.

– “Al Vahda”ni g'alaba va pley-off bosqichiga chiqqani bilan tabriklayman. O'tkazilgan ilk golga qadar biz yaxshi o'ynayotgandik. Ammo goldan keyin kontsentratsiyani yo'qotdik va shu boisdan gollarni o'zimiz yaratib berdik.

Holat shungacha etib borgandiki, bizga faqatgina g'alaba va uch ochko kerak edi. 1:1dan keyin oldinga katta kuchni tashladik va himoya chizig'ini ochib qo'ydik. Ikkinchi goldan keyin holatimiz og'irlashib ketdi.

Yaxshi himoyalanayotgan raqibning darvozasi qarshisida bir necha vaziyatlar yaratib, hisobni tenglashtirishmiz ham mumkin edi. Urmadik, evaziga uchinchi golni o'tkazib yubordik.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив